Turkiyalik jurnalistlar Bulung‘urda bo‘lishdi

Turkiyaning Kastamonu shahridagi “Haber37” nashri jurnalistari Gulay Ajar hamda Husnu Ajar Samarqandga sayohati chog‘ida Bulung‘ur tumanida ham bo‘lishdi.

Xususan, xorijlik jurnalistlar “Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida bo‘lishib, gazetaning ijodiy xodimlari, ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Gazetaning foto-muxbiri Rabbim Hotamovning shaxsiy foto-ko‘rgazmasini tomosha qilishdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar baxshi shoir Fozil Yo‘ldosh nomidagi muzeyda bo‘lishib, bu yerdagi qimmatbaho eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi. Shu yerning o‘zida viloyatimizdagi ko‘zga ko‘ringan baxshilardan biri Sherqo‘zi baxshi ijodiydan termalar tinglab, baxshichilik san’atiga yuqori baho berishdi, tashrif so‘ngida muzeyning faxriy mehmonlari kitobiga o‘zlarining taassurotlarini esdalik uchun yozib qoldirishdi.

Jurnalistlar tashrif davomida ko‘rgan-kechirganlari yuzasidan Kastamonu shahridagi “Haber37” nashrida maqolalar e’lon qilinishi, kelgusida ham mustahkam hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdilar.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM