“Yangi O‘zbekiston” obod maskan bo‘ladi

Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasida 23,9 ga. yer maydonida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda. Xususan, 1-qavatida savdo va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan hamda jami 970 ta xonadonlardan iborat 50 ta 5-qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda qurilish ishlari davom etmoqda.

 

Tuman hokimi Samandar Astonov bugun hudda bo‘lib, qurilish jarayonlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Hudda ko‘p qavatli uylar oralig‘i bo‘lab, belgilangan huddalarda asfalt yotqizish ishlari boshlanmoqda. Shuningdek, xonadonlarga markazlashgan issiq suv yetkazib berish borasida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Biroq, o‘rganish davomida ayrim ko‘p-qavatli uylarda qurilish ishlari belgilangan loyiha doirasida, o‘z muddatida amalga oshirilayotgan bo‘lsada, ayrim qurilish korxonalarining shoshilmayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan soha mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot uchun, kelgusida massivda 2,8 gektar yer maydonida 2 ta 1056 o‘rinli maktab binosi, 1,7 gektar yer maydonida 2 ta 330 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 3,2 gektar yer maydonida 16 ta tibbiy, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va yengil sanoat ishlab chiqarish korxonalari barpo etish orqali 475 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga massiv oldidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M-39 avtomobil yo‘li bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish tadbirkorlik faoliyatlari uchun jami 71 ta lot sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, talabgorlar aniqlangan. Hozirda qurilish ishlarini boshlash uchun loyihalashtirish jarayonlari olib borilmoqda.

Ushbu omillar kelgusida hududning aholi gavjum, obod maskanga alanishiga xizmat qiladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM