Bulung‘urda 4 028 nafar yoshlar maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ydi

Bugun Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha ta’lim tashkilotlari va muassasalarida “Salom bog‘cha” va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tgan tadbirlarda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi. Xususan, tumanning olis hududlaridan bo‘lgan Oqtosh mahallasidagi 30-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Samandar Astonov ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida so‘zga chiqqan tuman hokimi bugun yurtimizda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, o‘quvchilarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, bu borada “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Ramziy ma’nodagi “birinchi qo‘ng‘iroq” chalingach, o‘quvchilar sinfxonalarga kirishdi. Joriy yilda ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” topshirildi.

 

Ma’lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yilida Bulung‘ur tumanidagi umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 4 028 nafar o‘quvchi yoshlar qabul qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM