Sessiyada tuman hokimining hisoboti tinglandi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi sakson yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman kengashi raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari, tuman kengashi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan sessiya ishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

 

  1. Bulung‘ur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar to‘g‘risida tuman hokimi S.Astonovning hisoboti.
  2. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Sh.Razzoqovning hisoboti.
  3. Tumandagi umumiy o‘rta-ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar, 2022-2023-o‘quv yili yakunlari hamda 2023-2024-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O.Jangirovning hisoboti.
  4. Tumanda yo‘l-hodisalarini oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i G‘.Bosimovning hisoboti.
  5. Tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish aholi bandligini ta’minlash, tuman bandlik dasturining ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Ibragimovning hisoboti.
  6. Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
  7. Tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

 

Sessiya kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM