Unvon muborak, ustozlar!

O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasi Vasiylik kengashining shu yil 27-maydagi "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlash to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, turli sohalarda ko'p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi yurtdoshlarimizlardan bir guruhi "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Ular orasida tumanimizda istiqomat qilayotgan nuroniylardan uzoq yillar Xalq ta'limi sohasida faoliyat olib borgan, 20 yil davomida tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, Xalq maorifi a'lochisi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, ustoz Abduraxmon Qodirov ham bor bo‘lib, 1-darajali "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoniga munosib ko'rildi.

 

Shuningdek, ko'p yillar tuman qishloq xo'jaligi rivojiga hissa qo'shgan, xo'jalik brigadiri, bo'lim boshlig'i, xo'jalik raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan, ayni paytda Nuroniylar jamoatchilik kengashi a'zosi Shamshi Rasulov 2-darajali "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan;

 

Umrining asosiy qismini tibbiyot sohasiga bag'ishlagan, el sog'lig'i yo'lida uzoq yillar xizmat qilgan, ko'plab shogirdlarning ustozi Mamasoli Sodiqov 2-darajali "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan;

 

Uzoq yillar davomida tuman Xalq ta'limi sohasida o'qituvchi, maktab direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan, ko'plab shogirdlarga ustozlik qilgan, nafaqaga chiqqanidan so'ng mahalla fuqarolar yig'ini raisi, mahallada xotin-qizlar maslahatchisi lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan ustoz Muhabbat Hamidova 2-darajali "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.

 

Unvon muborak, aziz ustozlar!

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM