Xotin-qizlar faollarining bilim va malakasi oshirilmoqda

Joriy yilning 23-24-avgust kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. 

Bulung‘ur tumanidagi mahalallalarning xotin-qizlari ham ishtirok etgan o‘quv-seminarida viloyat skrining markazi rahbari G.Eltazarova, viloyat reablitatsiya markazi rahbari M.Azimova, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslaxatchisi J.Sayfudinova, Bulung‘ur tuman xotin-qizlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Jurayevalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Xususan, tadbir davomida xotin-qizlar va bolalar huquqlari hamda gender tengligini ta’minlashda xotin-qizlar faollarining vazifalari, milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarning oila mustahkamligidagi o‘rni, oilalarga psixologik yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzi, xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muammolarni o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish mavzularida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM