Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosi o‘rganilmoqda

2022—2026  yillarga mo‘ljallangan.Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 28- fevraldagi PF-27-sonli Farmoni qabul qilingan. 

Farmonda belgilangan vazifalarni ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Oliy Majlis Senati va xalq deputatlari mahalliy, Kengashlarga tavsiyalar berilgan.

Davlat dasturi tumandagi ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da Bulung‘ur tumanida davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. 

Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tumandagi mahallarda bo‘lib dasturdagi vazifalarni ijro etilishi bo‘yicha o‘rganish olib bordi. 

Dastur asosida qabul qilingan chora-tadbirlar rejasining “Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘gridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish” bandi ijrosini o‘rganish bo‘yicha tumandagi mahallarning moddiy texnik bazasi, ijtimoiy daftarga kiritilgan fuqarolarni muammolarni hal etish bo‘yicha olib mahallalardagi aholi va tadbirkorlarning mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlar ko‘rib chiqildi.


O‘rganish bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar, mas’ullarning Farmon doirasida bajargan ishlari bo‘yicha tegishli xujjatlari o‘rganilib tumandagi qaror ijrosiga mas’ul bo‘lgan korxona va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitilishi rejalashtirilgan.
Davlat dasturga kiritilgan barcha sohalar bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etadi.

Xalq deputatlari tuman
Kengashi kotibiyati

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM