Giyohvandlik – illat, unga “yo‘q” deng!

Xalqaro narkotik iste'mol qilish va uning noqonuniy tarqatilish tarixiga 100 yildan oshdi. Narkomaniya butunjahon jamiyatining asosiy muammolaridan bo‘lib, hozirgi zamonamizga tahlika soluvchi mudhish voqyealardan biri bo‘lib qolmoqda. Norkomaniya - bu shaxsni sog‘ligiga putur yetkazadi, butunlay zaharlaydi, gohida esa o‘limga ham olib keladi.

 

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi oqibatida Respublikamizda ayrim jinoyatlar, ya’ni, qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va boshqa huquqbuzarliklarnig avj olib ketishi dori-darmonlar, yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalari, internet tarmog‘i orqali taklif, giyohvandlik vositalari tayyorlash va yetishtirishning zamonaviy usullari Respublikamizga yangi tahdid sifatida kirib keldi.

 

2019-yilning 27-sentabr kuni kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 818-sonli Qarori bilan “Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati” tasdiqlandi. Mazkur Qaror bilan Respublikamiz aholisi o‘rtasida narxi arzonligi va muomalasi nazorat ostiga olinganligi sababli narkotik moddalarning “analog”lari sifatida giyohvandlar tomonidan iste’moli ko‘payib borayotgan “Lirika”, “Repagen”, “Tropikamid”, “Zardeks”, “Zaleplon” kabi preparatlarning dorixonalarda sotilishi nazorat ostiga olindi.

 

Giyohvandlikning paydo bo'lishi har qanday yoshda bo'lishi mumkin bo'lsa-da, o'sishning dastlabki bosqichida yuzaga kelganida, bu muammoga aylanish ehtimoli katta. Bundan tashqari, o'spirinlar qaror qabul qilish yoki o'zini-o'zi boshqarish uchun fiziologik jihatdan hali tayyor emaslar, shuning uchun ular ushbu turdagi moddalarni suiiste'mol qilishga ayniqsa moyil. Oxir oqibat, bu qaram odamning jismoniy, psixologik va hissiy salomatligiga va ularning eng yaqin atrof-muhitiga ta'sir qiladigan holat, ammo bu butun jamiyat uchun katta xatarga sabab bo‘ladi. Shu sababdan bugun aholi orasida o‘tkaziladigan targ‘ibot-tashviqot jarayonlarida ayniqsa yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy savdosiga birgalikda chora ko‘rmasak, ular siz bilan bizning oilamizga ham tahdid solishi, aka-ukalarimiz, farzandlarimiz, yaqinlarimizni jirkanch yo‘lga boshlashi mumkin.

 

Hurmatli yoshlar, giyohvandlikka “YO‘Q” deng! Nurli kelajagaingizni vaqtinchalik yolg‘onlarga alishmang!

 

Zafar Xamdamov,

Bulung‘ur tumani prokurori o'rinbosari

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM