Bulung‘urlik tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi

Bulung‘ur tuman hokimligi majlislar zalida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni yetakchi inspkektori J.Tursunov, Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Ro‘ziyev, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Sobirov, Bulung‘ur tumani hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Sh.Razzoqov, tumandagi iqtisodiy soha mas’ullari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.

 

Erkin muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida tadbirkorlarning muammolarini o‘rganildi, takliflari tinglandi. Tadbir davomida asosan elektr ta’minoti, eksport va import, soliq tizimidagi islohotlar, bank krediti yuzasidan muammo va takliflar bildirildi.

 

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan har bir muammo va fikrlar ro‘yxatga olinib, tegishligigi bo‘yicha soha mas’ullariga yo‘naltirilishi, tuman yoki viloyat darajasida ijobiy hal etish mushkul bo‘lgan holatlar yuzasidan respublika darajasida takliflar tayyorlanishgi ma’lum qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM