Nuroniylar bellashganda...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida o‘tkazilib kelinayotgan "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik-tanlovining Bulung‘ur tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tumandagi 11-sonli madaniyat uyi faollar zalida o‘tgan tanlovda Beshqo‘ton mahallasidan Bozorboy Mamatov, Nebo‘sa mahallasidan Xo‘jamuradov Toir, Gulzor mahallasidan Aliboev Zafar, Do‘stlik mahallasidan Qulmatov Jamanqul, Fozil Yo‘ldosh mahallasidan Xoljigitov Orifjon xamda Qirqshodi mahallasidan Xo‘janov Xolmamat kabi nomzodlar bellashdilar.

 

Tuman hokimligi, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Madaniyat va turzim bo’limi  hamkorligida ashkil etilgan tanlovda ishtirokchilarning uch bosqichdan iborat chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan odilona baholanib borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nebo‘sa mahallasi “Keksalar maslahati guruhi” rahbari Toir Xo‘jamuradov faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

Shuningdek, 2-o‘rinni Gulzor maxallasi "Keksalar maslahati guruhi" rahbari Aliboyev Zafar, 3-o‘rinni Do‘stlik mahallasi “Keksalar maslahati guruhi” rahbari Qulmatov Jamanqullar qo‘lga kiritishdi.

 

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM