Tumanning iqtisodiy salohiyati tahlil qilinib, kelgusi rejalar belgilanmoqda

Xabar berganimizdek, Bulung‘ur tumani iqtisodiyotini Xitoy tajribasi orqali ko‘tarish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda tumanning mavjud imkoniyatlari aniqlanib, rivojlantirish nuqtalari belgilanmoqda.

 

Xususan, bugun Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari F.Abilov, Samarqand viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov tumanda bo‘lib, tuman hokimi S.Astonov hamrohligida tumandagi bir qancha tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdilar.

 

Xususan, mas’ullar “Maroqand sifat” MChJ, “Xitoy besh barmoq” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi, shuningdek Navbahor mahallasidagi aholi tomonidan qurt ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Aholi va tadbirkorlar bilan suhbatda ularning kelgusi rejalari, mavjud muammo va imkoniyatlari bilan qiziqdilar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM