Afg‘on urushi: xotiralar yodga olinib, tinchlik oliy ne’mat ekanligi e’tirof etildi!

Hech kimga sir emas, o‘tmishimizda faxrlanib eslashga arziydigan voqealar bilan bir qatorda, afsus bilan yodga olinadigan, biroq bundan tegishli xulosa chiqarishimiz kerak bo‘lgan qora kunlar ham yo‘q emas.

Xususan, mamlakatimiz bosqinchilar qo‘lidan bo‘lgan bir davr – 1979-yil 12-dekabrda SSSR Siyosiy byurosi tomonidan Afg‘onistonga qo‘shin kiritish haqida qaror qabul qilingan.

1988-yil 15-maydan boshlab Afg‘onistondan qo‘shinlar chiqarila boshlandi. 1989-yil 15-fevralda oxirgi qismlar Termizdagi Hayraton ko‘prigidan o‘tishdi.

SSSR tarkibida Afg‘on urushidan eng ko‘p jabr chekkan hududlar Markaziy Osiyo respublikalari bo‘ldi. Sababi eng ko‘p askar shu hududdagi ittifoqdosh respublikalaridan olingan edi.

Xususan, O‘zbekistondan 64 500 nafar yigit Afg‘on urushida ishtirok etgan va ulardan 1522 nafari halok bo‘lgan. 2500 nafardan oshiqroq o‘zbekistonlik nogiron bo‘lgan.

Jumladan, 1979-1989 yillar davomida Bulung‘ur tumanidan 207 nafar yigit harbiy xizmatga chaqirilgan.

Shundan 3 nafar hamyurtimiz Muraviskiy, Fayzulla Qudratov va Farrux Qodirovlar mazkur urushda qahramonlarcha halok bo‘lishgan. 40 nafardan ziyod hamyurtlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlanishgan.

Hozirgi kunda 195 nafar Afg‘on urushi qatnashchilari tumanimizda istiqomat qilib kelishmoqda...

Bugun erta tongdan Bulung‘ur tumanida istiqomat qilayotgan Afg‘on urushi qatnashchilari tuman hokimligi binosi oldida jam bo‘lishdi. Ular mustaqillik davri obyektlarini ko‘rish maqsadida markazlashgan holda Fozil Yo‘ldosh nomidagi muzeyga yo‘l olishdilar.

Nuroniylar muzeyda bo‘lishib, undagi eksponatlar bilan, shoir-baxshining murakkab hayoti va so‘nmas ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Mustaqilligimiz tufayli o‘zligimizni tanish va uni butun jahonga namoyon etish imkoniyati tug‘ilganligi e’tirof etildi.

Shundan so‘ng, Afg‘on urushi qatnachilari mahalladagi 2-sonli Sohibkor madaniyat markazida bo‘lishib, bu yerda madaniyat va san’at ixlosmandlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarni tomosha qilishib, madaniy hordiq chiqarishdilar.

Shudan so‘ng, tadbir ishtirokchilari tumanimizdagi muhtasham bazmgohlardan biri tomon yo‘l olishdilar. Bu yerda tadbirning ikkinchi qismi davom etib, bir piyola choy ustida suhbatlar tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqanlar o‘sha suronli yillarni yodga olishar ekan, tinchlik oliy ne’mat ekanligini ta’kidlashdilar.

  • Shukrki, bugun yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Bu tinchlikning qadrini mana shu davramizda o‘tirganlar juda yaxshi tushunishadi. Va istardikki, buni o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga ham singdirishimiz, tinchlik oliy ne’mat ekanligini anglab yetishlariga ko‘maklashishimiz lozim. Bunda albatta, siz kabi suronli, notinch davrlarni ko‘rgan yoshi ulug‘larning ko‘magiga suyanamiz, deya ta’kidladi tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Ochil Ahmedov.

Tadbir davomida tuman hokimligi Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM