Iqtidorli yoshlar bilan ishlashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati katta

Bulung‘ur tumanidagi 22-IDUMda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ish samaradorligini oshirish, ularni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.

 

 “Iqtidorli yoshlar bilan ishlashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda 22-IDUM Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi D.Raximova qobiliyatli o‘quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ijodkorlik qobiliyati mavjud o‘quvchilarni saralash, kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlarda yuksak madaniyat ko‘nikmalarini shakillantirishga qaratilgan tadbirlar ahamiyati, yangi kitoblar taqdimotlarini tashkil etishdagi targ‘ibotchilarning roli xususida so‘z yuritildi.

Tadbir “Yaxshi kitob ko‘ngil va ruhiyat tabibidur” deb nomlangan adabiy-badiy kechaga ulanib ketdi. Unda iqtidorli o‘quvchilar tomonidan kitobning bolalar ma’naviy-ruhiy holatini yaxshilashdagi ahamiyati xaqidagi sherlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

 

Tadbir so‘ngida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tumandagi taniqli shoirlar tomonidan faol ijodkor o‘quvchilar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM