Bulung‘ur tumanida iqtidorli va faol yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi

Bulung‘ur tumanida iqtidorli va faol yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’yi-harakatlar tizimli ravishda davom etmoqda. Tuman hokimligida tashkil etilgan navbatdagi tadbir ham ana shu ezgu maqsadning amaliy ifodasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbir avvalida yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari Kamoliddin G‘afforov bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida Bulung‘ur tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi boshlanib, tumandagi 55 ta mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng na’munali Yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari hamda faol ishtirokchilari tuman hokimligining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Unga ko‘ra,  Oqtosh mahallasi Yoshlar yetakchisi Maxmudov Dilshod 1-o‘rinni, Xo‘jabachcha mahallasi Yoshlar yetakchisi Mamatmurodov Uyg‘un 2-o‘rinni, O‘roqli mahallasi Yoshlar yetakchisi Xudoyberdiyev Abdusalom 3-o‘rinni egallagannligi e’tirof etildi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarorining 9-ilovasida ko‘rsatilgan tartibga asosan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni “Kelajak kasblari loyihasi doirasida zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni oʻrganishi uchun jamg‘arma mablag‘lari hisobidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 53 nafar yoshlarning 70 300 000 so‘m miqdorida o‘qish xarajatlari qoplab berilishi ma’lum qilindi.

Ajratilgan mazkur mablag‘lar tumanda faoliyat yuritayotgan o‘quv-markazlari hisob-raqamiga o‘tkazib berilishi ma’lum qilinib, markaz rahbarlariga sertifikatlar topshirildi. Xususan:

  • “KAYUMOV ACADEMY” MCHJ o‘quv markaziga 14 nafar yosh uchun 20 500 000 so‘m;
  • "BIG IDEAS CENTRE" NTM o‘quv markaziga 9 nafar yosh uchun 16 200 000 so‘m;
  • "BULUNGUR EDUCATIONS" MCHJ o‘quv markaziga 11 nafar yosh uchun 13 200 000 so‘m;
  • "EXCELLENT ACADEMY" MCHJ o‘quv markaziga 11 nafar yosh uchun 13 200 000 so‘m;
  • "IT HAB SAMARKAND 1" MCHJ o‘quv markaziga 8 nafar yosh uchun 7 200 000 so‘m mablag‘lar ajratildi.

Tadbir so‘ngida tuman hokimi Samandar Astonov yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi bu kabi loyihalar kelgusida ham bundanda katta ko‘lamda amalga oshirilishini ta’kidladi.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM