"JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN KURASHAYLIK"

  Bugun tumanimizdagi 1-son madaniyat uyi binosida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumanimizdagi uyushmagan yoshlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar hamda aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi haydovchilar bilan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi bosh mutaxassisi Jahongir Meliqo‘ziev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan J. Meliqo‘ziev fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning bugungi kunda qo‘l telefonlaridan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanishlari, adashib olloh yo‘lida jihot qilish uchun o‘zga yurtlarga ketib, orzulari sarobga aylangan fuqarolarning pushaymonliklari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

  Mavzu yuzasidan berilgan barcha savollarga J. Meliqo‘ziev tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

 

Huddi shunday tadbir tumandagi 3-umumta’lim maktabida ham o‘tkazildi. Tadbirda tumanimizdagi “Kattaqishloq”, “Yangiariq” va “Olmazor” MFY fuqarolari bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori Bektosh Berdiev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan professor B. Berdiev islom dinining mohiyati haqida hamda yoshlarning ko‘r-ko‘rona turli diniy oqimlarga kirib ketishining oldini olish, ularni ma’nan sog‘lom ruhda tarbiyalash borasida ota-ona va yoshi ulug‘larning ro’li to‘g‘risida so‘z yuritdi.

 

  Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga oxiri berk ko‘chalarga adashib kirib qolgan yoshlarning ayanchli taqdiri aks etgan videorolik namoyish etildi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM