Fiskal belgili cheklarning shakllanishi va tahrirlanishi

Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi doirasida Onlayn kassa nazorat kassa texnikalari: imtiyozlar, fiskal belgili cheklarni  shakllanishi va tahrirlanishi yuzasidan tushuntirishlar…….. 

 Tadbirkorlik sub’ektlariga onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovkani to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) hamda onlayn nazorat-kassa mashinalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish huquqi berilgan.

Onlayn-NKM yoki virtual kassani tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida QQS va AOS hisobotida onlayn-NKM, virtual kassa va marketpleys orqali naqd pulda, terminalda savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum summasi soliq solish bazasi sifatida avtomat shakllanadi.

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassa hamda marketples cheklari summasida xatolik aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma’lumotlari tahrirlanishi mumkin. Tahrirlashda cheklarda noto‘g‘ri kiritilgan summalarni to‘g‘rilash, MXIK va o‘lchov birliklarini tuzatish mumkin. VM-255-son qaror 12.05.2022 yil tahlillar natijasida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan soliq hisobotlarida quyidagi kamchiliklar aniqlanmoqda.

- onlayn-NKT cheklarida MXIKni aks ettirmaslik, noto‘g‘ri aks ettirish

- onlayn-NKT cheklarida MXIK noto‘g‘ri tanlanishi natijasida QQSsiz yoki QQS bilan summa shakllanishi

- komitent vositachilar ro‘yxatini to‘liq shakllantirmasligi va chekda komitent STIR aks ettirmasligi

Tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini inobatga olgan holda "Soliqchi-ko‘makchi" tamoyili asosida joriy yilning o‘tgan davri uchun my.soliq.uz (https://my.soliq.uz/main/) portalidagi shaxsiy kabinet orqali cheklarni tahrirlashga ruxsat berildi. Chek summasini o‘zgartirish bundan mustasno.

Eslatma: xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM