Bulung'urda uch nafar bola mamnun boldi

Jamiyat mustahkamligining garovioila mustahkamligibilan bog‘liq ekan, bu borada oilaviy ajrimlarga yetaklovchi omillarni tahlil etishning hayotiy ahamiyati bor. Oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlarini ko‘pchilik, ayniqsa katta yoshdagilar yaxshi tushunadi. Shu bois har bir insonning suyanchi sanaluvchi bu muqaddas dargohga darz yetmasin deyiladi.

ByuroningBulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijobiy ishlar samarasida oilalar yarashtirilib, quvonarli tomoni voyaga yetmagan bolalarning ota mehridan bebahra bo‘lishini oldi olindi.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2022 yil 27 iyundagisud buyrug‘iga ko‘ra qarzdor V.J.dan undiruvchi V.I.ning voyaga yetmagan uch nafar farzandiga aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati bo‘yicha yosh oilaga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazilishi natijasida bo‘lim davlat ijrochisining olib borgan individual suhbati jarayonida oila yarashtirilib,uch nafar bolalarning tirik yetim bo‘lishiga chek qo‘yildi.

Har birimiz bu masalaga mas’uliyat bilan yondoshsak, muqaddas oila qo‘rg‘oniga hech qachon darz ketmaydi.

Sa’dullo BURXONOV,

Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi

davlat ijrochisi

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM