Tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudining tashabbusi bilan Bulung‘ur tuman davlat xizmatlari markazi binosida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda, Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Tursunova, Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudi raisi G‘.Negmatov, Bulung‘ur tuman davlat xizmatlari markazi direktori S.G‘aniev va Bulung‘ur tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Toshqulovlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida nizolarni hal qilishning muqobil mexanizmlarini (arbitraj va mediatsiya) takomillashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoyasini kuchaytirish, korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar olishga, hususiy mulk dahlsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni tinglash va ularga huquqiy tushuntirishlar berish bilan bir qatorda, tadbirkorlarni eng ko‘p qiynab kelayotgan muammolaridan biri soliq qonunchiligini yaxshi o‘zlashtirmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Suhbat yakunida sud raislari mamlakatimizda qabul qilingan yangi qonunlar bo‘yicha tushuntirishlar berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-sonli Farmoni haqida tushuntirishlar berildi.

                       

G‘.NEGMATOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman

sudi raisi.

N.TURSUNOVA,

Jomboy tumanlararo iqtisodiy

sudi raisi.

 

 

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM