Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bulung‘ur tumanidagi dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bozor tushumlari rejasi bajarilishi, narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

 

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiq taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Habibullaev tomonidan yuqoridagi savollar yuzasidan ma’lumot berildi.

 

Matbuot anjumani davomida ma’lum qilinganidek, “Bulung‘ur tumani dehqon bozori” MChJ va “Bulung‘ur buyum bozori savdo kompleksi” MChJlarning faoliyatini tartibga solish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar bajarilgan bo‘lib, avto transport vositalari va fuqarolarning harakatlanishi uchun qulayliklar yaratilgan. Shu jumladan savdo rastalarini tartib bilan joylashtirish bo‘yicha dislokatsiyalar o‘rnatilgan.

Bugungi kunda Dehqon bozori MChJning 6 oylik tushum re’jasi – 1 mlrd. 73 mln. 250 ming so‘mni tashkil etib, rejaga nisbatan 1 mlrd. 121 mln. 523 ming so‘mni tashkil etib, re’ja 103 foizga bajarildi.

Dehqon bozori hududida jami 294 ta tadbirkorlik subyektlari mavjud bo‘lib, shunday 60 ta savdo do‘konlariga to‘lov terminallari va onlayn nazorat kassa mashinalari o‘rnatgan. Qolgan ochiq rastalarda savdo qiladigan tadbirkorlik subyektlariga to‘lov terminallari va onlayn nazorat kassa mashinalari bosqichma-bosqich o‘rnatilib borilmoqda.

Bugungi kunda “Bulung‘ur tumani dehqon bozori” MChJning 6 oylik tushum re’jasi –
139 mln.so‘mni tashkil etib, re’jaga nisbatan 142 mln.so‘mni tashkil etib, re’ja 102 foizga bajarildi.

Buyum bozori hududida jami 186 ta tadbirkorlik subyektlari mavjud bo‘lib, shundan barcha tadbirkorlik subyektlari to‘lov terminallari va onlayn nazorat kassa mashinalari o‘rnatgan.

Bulung‘ur dehqon bozori huzuridagi “Bulung‘ur tayyorlov” MChJga mahalliy budjet mablag‘larining orttirib bajarilgan qismi hisobidan 150 mln.so‘m mablag‘ qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda yarmarkalarda sotish uchun ajratilgan.

“Boboyor Qayumov” XKga mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan 200 mln.so‘m miqdorda mablag‘ kartoshka zahirasini yaratish uchun ajratilgan.

Bundan tashqari tadbirkorlik subyektlari o‘z hisobidan, 50 tonna shakar mahsulotlarini savdo yarmarkalariga “Xorazm shakar” OAJdan olib kelib sotishgan.

Jumladan, “Bulung‘ur tayyorlov” MChJ tomonidan 10 tonna, “Bulung‘ur fayz traid” MChJ tomonidan 20 tonna hamda “Bulung‘ur savdo” MChJ tomonidan 20 tonna miqdorda shakar mahsulotlarini olib kelib, arzonlashtirilgan narxlarda sotildi.

Bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, bugungi kun holatiga bozorda:

-Mol go‘shti o‘rtacha 72 ming 500 so‘m,

-Qo‘y go‘shti 80 ming so‘m,

-Tovuq go‘shti 26 ming 500 so‘m,

-Tuxum bir donasi 1 ming 50 so‘m,

-Kartoshka bir kilogrami 3 ming 250 so‘m,

-Piyoz bir kilogrami 5 ming so‘m,

-Sabzi bir kilogrami 2 ming 500 so‘m,

-Shakar bir kilogrami14 ming 250 so‘m,

-O‘simlik yog‘i bir litr 19 ming 500 so‘m,

-Kungaboqar yog‘i bir litri 21 ming so‘mni tashkil etmoqda.

 

Narx-navo barqarorligini ta’minlash uchun Dehqon bozori hududida arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etilgan bo‘lib, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga bevosita sohaga mas’ul bo‘lgan hokim o‘rinbosaridan javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM