Sektor rahbarlari ishtirokida “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvi bo‘lib o‘tdi

“Samarqand” televideniyasi orqali o‘tkazilgan navbatdagi “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida Bulung‘ur tumani sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Unda tumanda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal sohadagi o‘zgarishlar: bir so‘z bilan aytganda aholini rozi qilish borasida tumanda olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

 

Ahamiyatlisi tuman hokimining tashabbusi bilan ilk bor ma’lumotlar ko‘rgazmali tarzda, taqdimot shaklida berildi.

 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan ko‘rsatuv davomida aholi vakillaridan kelib tushgan savol va takliflarga sektor rahbarlari hamda bevosita soha mas’ullari tomonidan javoblar qaytarildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM