Bulung‘ur tumanida xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot

O‘tgan davr mobaynida xizmat ko‘rsatish sohasiga Davlat rahbarining e’tibori juda katta bo‘lib ushbu yo‘nalish bo‘yicha 2021-yilning 14-dekabr kuni Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida “Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish, 2022 yilda mehnat balansi va bandlik dasturini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” o‘tkazilgan 55-son majlisi bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104 sonli qarori qabul qilindi va joriy yilning o‘zida 2 marotaba kengaytirilgan tarzda yig‘ilish o‘tkazildi.

Bunda xizmatlar sohasida boshqa sohalarga qaraganda kam xarajat qilib, ko‘p daromad olish hamda tezroq ish o‘rinlari tashkil etish imkoniyati mavjud.

Joriy yil davomida 768 ta o‘rta va kichik loyihalarda 10 204 nafar fuqarolar bandligi ta’minlash rejalashtirilgan. Jumladan yanvar-iyun oylarida 651 ta loyihalarda 7667 nafar fuqarolar bandligini ta’minlash belgilangan bo‘lsa amalda 1081 ta loyihalar amalga oshirilib, 9 476 nafar aholi bandligi ta’minlandi (yillik rejaga nisbatan 92,8 %, 6 oylik rejaga nisbatan 123,5 %).

Jumladan, xizmatlar sohasida 3628 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qildi, 3766 nafari legallashtirildi.

- M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida 1,6 mlrd.so‘mlik 2 ta loyiha (15 ta ish o‘rni) ishga tushirildi.

Misol, M-39 avtomobil yo‘lida tadbirkor Sarimsoqov Temur tomonidan qiymati 1,5 mlrd.so‘mlik maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtasi (10 ta ish o‘rni) ishga tushirildi.

- zaruriy xizmat turlarini tashkil etish hisobiga 519 ta shaxobcha (564 ta ish o‘rni) tashkil etildi.

Misol, tuman markazidan 23 km uzoqlikda bo‘lgan Lalmikor mahallasida “Javoxir Bovatov Biznes” O/K tomonidan 2 ta xizmat shaxobchasi (avtomobillarni yuvish va savdo do‘koni) tashkil etilishi hisobiga 3 nafar ish o‘rni tashkil etildi

ko‘p qavatli uy joylar 1-qavati va yerto‘lalarida 7 ta loyiha ishga tushirildi (32 ta ish o‘rni);

Misol, Guliston mahallasida “Artikova O‘g‘iloy” YaTT tomonidan go‘zallik saloni tashkil etilishi hisobiga 4 nafar ish o‘rni tashkil etildi

38 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti (117 ta ish o‘rni)tashkil etildi;

Misol uchun, Kaptarxona mahallasida “Zaxroxonim Raximaxonim” MChJ tomonidan 7,2 mlrd. so‘mlik 200 o‘rinli davlat xususiy sherikchilik asosida bog‘cha (15 ta ish o‘rni) ishga tushirildi.

-16 ta agroxizmatlar ko‘rsatish loyihalari ishga tushirildi (175 ta ish o‘rni).

Jumladan, 12 ta urug‘ va ko‘chat yetkazib berish, 3 ta meneral o‘g‘it yetkazish, 1 ta agro markaz ishga tushirildi.

-Transport xizmatlari sohasida 17 ta loyiha (17 ta ish o‘rni) ishga tushirildi;

-Tunu-kun ishlaydigan ko‘ngil ochar ko‘chalarda 2 ta loyiha
(3 ta ish o‘rni) ishga tushirildi.

Misol uchun: “Javoxir arena klub” O/K tomonidan sport sog‘lomlashtirish loyihasi ishga tushirildi va 2 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

-397 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitish markazlarida kasb-xunarga o‘qitildi.

Jumladan, servis va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha 181 nafar, IT yo‘nalishida 187 nafar, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlarda 29 nafar yoshlar o‘qitildi.

453 ta tadbirkorlik sub’ektlariga 12,8 mlrd.so‘mlik kredit ajratildi.

-Xalqaro moliya institutlari resursidan 1 ta loyiha 0,1 mlrd.so‘m;

-PQ-4752-son qaror bo‘yicha 2 ta loyihaga 2,2 mlrd. so‘m kredit;

-Bankning boshqa kredit resursidan 450 ta loyiha, 10,5 mlrd. so‘m.

 

Vazirlar Mahkamasining 71-son Qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida “e-auksion” elektron onlayn savdo maydonchasi orqali sotib olish imkoniyati yaratildi.

Jumladan, jami 365 ta (8,0ga) yer uchastkalari aniqlanib,
291 tasi auksion savdolariga chiqarilib,
44 ta yer maydonlari sotildi .

- “K-savdo” tizimi orqali 280 ta bo‘sh yer maydoni ko‘chma xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etish uchun sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Bugungacha 197 ta  bo‘sh yer maydoni auksion savdoga chiqarilib, shundan 122 tasi sotildi va bugungi kunda 75 ta savdoda turibdi.

Misol uchun, “Mingchinor” mahallasida bo‘sh turgan yer maydoni auksion orqali (№-1425821 lot raqami) YaTT Anorboev Bobur Nuriddin o‘g‘li tomonidan 236,5 ming so‘mga sotib olib, ko‘chma savdo nuqtasi tashkil etildi.

Erishilgan natija:

-xizmatlar hajmi 227,4 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati esa
110,0 foizni tashkil etdi;

-aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 1 mln 176 ming. co‘mdan to‘g‘ri keldi;

-9,4 ming nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM