Bulung‘ur tumanida yana 2 ta mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Joriy yil mamlakatimizda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yili deb nomlanishi, shuningdek Prezidentimizning 7 ta yo‘nalish, 100 ta maqsad 398 ta banddan iborat “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiya”sining 1-yo‘nalish 1-maqsadida aynan mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirishga e’tibor qaratganligi yana bir bor mahalla tizimiga bo‘lgan e’tibor va ishonch bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Joriy yil 25-iyun kuni Bulung‘ur tumanidagi Yangiariq va Beshkuvi mahalla fuqarolar yig‘ini binolarining foydalanishga topshirilishi mahalla ahlining xursandchiligiga sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan ochilish tadbirlarida viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, Bulung‘ur tumani hokimi S.Astonov, bo‘limi mas’ullari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlar ishtirok etishdi.

 

 

Ochilish tadbirida so‘zga chiqqanlar bugun mahalla tizimiga yaratilgan imkoniyatlar, aholini rozi qilish borasida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijadorligi xususida so‘z yuritishdi. Tadbirda ishtirok etganlar mahalla binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Mahalla binosini qurgan quruvchilarga jamoatchilik tomonidan to‘n kiydirildi.

 

Qayd etish lozimki, foydalanishga topshirilgan har ikkala mahallalardagi binolarda ham mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori uchun zaruriy sharoitlar yaratilgan.

 

Shuningdek, Beshkubi mahallasidagi “Mahalla tibbiyot punkti” foydalanishga topshirilib, tadbir ishtirokchilariga aholi uchun yaratilgan sharoitlar tanishtirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM