Deputatlar Prezident Farmoni ijrosi bilan tanishdilar

Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2021-yil 9-dekabr kuni PF-32-sonli «YaNGI O‘ZBEKISTON» massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan.

Qaror bilan Bulung‘ur tumani G‘o‘bdin mahallasi xududida ham “Yangi O‘zbekiston” massivini barpo etilishi belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda hududda qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan ta’nishish maqsadida xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputatlari massivda bo‘lishdi.

Bugungi kunda qazish ishlari yakunlanib, zamonaviy shaxarzoslik talablari asosida turar-joy binolarining poydevorlari qurilmoqda. Qurilish ishlari belgilangan meyorlarda olib borilmoqda. Tegishli xujjatlar bilan tanishilganda barcha jarayonlar xujjatlar asosida bajarilayotganligi guvoxi bo‘lindi. Bu yerda mehnat qilayotgan quruvchilar uchun ham barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.

Eng muhimi deputatlarni va jamoatchilikni qiziktiradigan asosiy masala bu kelajakda ushbu turar-joylarga ega bo‘lgan fuqarolarimizning roziligidir. Qurilish va ta’mirlash ishlari sifatli va belgilangan texnik talablarga binoan bajarilsa albatta ko‘zlangan natijalarga erishiladi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, tumanimizdagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 2022-yilda 330 ta xonadonga mo‘ljallangan 18 ta ko‘p qavatli uylar quriladi. Bundan tashqari hududda 36.1 mlrd. so‘m evaziga jami 4 ta ijtimoiy soha obyektlari, shundan 2 ta maktab, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM