2021-yilda 121 nafar muddatli harbiy xizmatchilarning bandligi ta’minlangan, joriy yilda ko‘rsatkichlar “o‘sadi”

“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. “Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan tadbirda tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Tolib Hasanov tomonidan ma’lumot berildi.

Tadbirda qayd etilganidek, bo‘lim tomonidan muntazam ravishda “Ochiq eshiklar kuni”, davra suhbatlari, joylarda sayyor uchrashuvlar, yoshlarning harbiy qismlarga sayohatlari tashkil etilib kelinmoqda.

Qolaversa, tizimdagi ijobiy islohotlar ham aholi manfaatlariga xizmat qilmoqda. Jumladan, endilikda 1 oylik va 1 yillik harbiy xizmat guvohnomalari huquqiy maqomi tenglashtirilgan. Natijada o‘tgan 2021-yilda 121 nafar muddatli harbiy xizmatchilarning bandligi ta’minlanishiga erishilgan bo‘lsa, joriy yilda mazkur ko‘rsatkichni 250-300 taga yetkazish reja qilinmoqda.

Bundan tashqari hozirda har bir safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilari o‘z onlayn kabinetlari orqali to‘langan mablag‘larining qaysi maqsadlarga qanchadan sarf etilayotganlig8ini onlayn kuzatib borishlari mukin bo‘lib, bu ham tizimda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Media-tadbir davomida OAV vakillari mavzu va soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM