Fuqarolarning o`z mahallasi hayotidagi ishtiroki ortmoqdami?

Bulung‘ur tumani Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i Alisher Shodmonov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. “Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan tadbirda “Fuqarolarning o`z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni ta`minlash borasidagi ishlar” mavzusida so‘z yuritildi.

 

Bo‘lim boshig‘i mavzu yuzasidan ma’lumot berar ekan. yaqinda bo‘lib o‘tgan mahalla raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, bo‘lim rahbari ma’lum qilganidek, ikki oy davomida tumanimizda amaldagi qonunlarga muvofiq saylovga tayyorgarlik ko‘rildi. Ko‘maklashuvi komissiya a’zolari va mahallalarda tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan mahalla raisiga qo‘yiladigan talablar asosida, mahallada doimiy yashovi fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda, mahallada kamida besh yildan buyon doimiy yashab kelayotgan, tashkilotchilik qobiliyatiga, ish va hayotiy tajribaga, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega 2 nafardan 4 nafargacha, jami 289 nafar fuqaro nomzod sifatida ko‘rsatildi. Ular orasidan 116 nafar nomzod saralandi va aholi tomonidan 55 ta nomzod yetakchi qilib saylandi. Saylov jarayonlarida jami 13 ming nafar fuqaro ovoz berishda ishtirok etdi.

16-17 may kunlari barcha 55 ta mahallada saylov o‘tkazildi. Bu jarayon qonunda belgilangan tartibda, ochiq, adolatli va shaffof tashkil qilindi. Saylovlarda aholi tomonidan munosib deb topilgan mahalla raislarining 19 nafari ilgari shu vazifada ishlagan, 36 nafari birinchi marta mazkur vazifaga saylandi.

Mahalla raislaring yoshi bo‘yicha tahliliga ko‘ra 14 nafari 40 yoshgacha, 19 nafari 40-50 yoshgacha, 18 nafari 50-60 yoshgacha, 4 nafari 60 yoshdan yuqori bo‘lgan raislardir. Saylangan raislarining ma’lumotiga ko‘ra 53 nafari oliy, 2 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Mutaxasisligi bo‘yicha 9 nafari iqtisodchi, 2 nafari huquqshunos, 13 nafari o‘qituvchi, 2 nafari muhandis, 6 nafari agronom, 1 nafari quruvchi, 22 nafari boshqa mutaxassislarni tashkil qiladi. Bu yil mahalla raislarining 4 nafarini ayollar tashkil qildi. Saylov jarayonlari ommoviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda doimiy yoritib borildi.

Ushbu saylov jarayonlarida aholining faolligi yurtdoshlarimizning jamiyatdagi siyosiy o‘zgarishlarga befarq emasligi va huquqiy ongi o‘sib borayotganligi, qolaversa davlat organlari va mahallalar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalar yo‘lga qo‘yilib, tobora mustahkamlanib borayotganligidan dalolatdir.

Matbuot anjumani davomida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM