Bulung‘ur tumanida budjetga tushumlar haqida ma’lumot

Joriy yilning 5 oyi uchun budjetga tushumlar rejasi 28 761,2 mln. so‘m belgilangan, bo‘lib chorak yakuni bilan ushbu reja ko‘rsatkichlar ortig‘i bilan, ya’ni 29 922,5 mln. so‘mga yoki 104 % ga bajarildi.

Ushbu reja-ko‘rsatkichlarimizni soliq turlari kesimida bajarilishini taxlil qiladigan bo‘lsak:

- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 11 785,1 mln. so‘m reja belgilangan bo‘lib, ushbu reja 12 499,8 mln. so‘mga yoki 106 % ga bajarildi.

-Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha reja topshirig‘i 3 314,7 mln. so‘m belgilangan bo‘lib, ushbu reja 3 433,0 mln. so‘mga yoki 101 % ga bajarilishi ta’minlandi.

-Qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha rejamiz 651,5 mln. so‘m etib belgilangan bo‘lib, ushbu reja 697,9 mln. so‘mga yoki 107 % ga bajarilishi ta’minlandi.

-Yer solig‘i bo‘yicha umumiy rejamiz 7 065,6 mln. so‘m etib belgilangan bo‘lib, ushbu rejani 6 459,8 mln. so‘mga ya’ni 91 % ga bajarilishi ta’minlandi.

-Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha reja 410,2 mln. so‘m bo‘lib, reja 390,9 mln. so‘mga yoki 95 % ga bajarildi.

 

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari  bo‘yicha to‘lov muddatinig dastlabki qismi joriy yilning 15-apreligacha ekanligini hamda ushbu tushumlar mahalliy budjetimizning asosiy qismi ekanligini inobatga olib tuman davlat soliq inspeksiyasining hududlarga biriktirilgan ma’sul xodimlari tomonidan tumanimiz fuqarolariga tushuntirish ishlari hamda profilaktik suhbatlar muntazam ravishda olib borilmoqda:

-Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha reja topshirig‘i 1 312,5 mln. so‘m etib belgilangan bo‘lib, ushbu rejani 824,8 mln. so‘mga yoki 63 % ga bajarilishi ta’minlandi.

-Davlat boji hamda yig‘imlardan tushum bo‘yicha jami 2 232,1 mln. so‘m reja belgilangan bo‘lib, ushbu reja 3 162,4 mln. so‘mga yoki 121 % ga bajarilishi ta’minlandi.

 

Soliq ma’murchiligini takomillashtirish hamda budjetga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida olib borilayotgan samarali ishlar natijasida joriy yilning dastlabki choragida tumanimizda jami:

- yuridik shaxs sifatida 252 ta xo‘jalik yurituvchi subektlar ro‘yatga olindi.

-YaTT sifatida 608 ta tadbirkorlik sub’ekti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli qaroriga asosan 4676 nafar fuqaromiz o‘z-o‘zini band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazildi.

 

Bundan tashqari muxtaram Prezidentimiz tomonidan joriy qilingan “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyilini inspeksiya xodimlari o‘zlariga shior qilgan holda, tumanimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalasida tegishli tartibda ishlar olib borilmoqda. Tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni ham bu borada yaqindan hamkorlik qilishga chorlab qolamiz.

 

Sherzod ESHMURODOV,

Bulung‘ur tuman DSI boshlig‘i

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM