1+10 konsepsiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Donishmand xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganini pari bilmas” kabi purmano hikmatlar bor. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli Qarorining 5-bandida ko‘rsatilgan 1+10 konsepsiyasi asosidagi “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga ma’naviy homiy” tamoyili ham yuqoridagi hikmatlar zamiridagi chuqur haqiqatlarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.

Bulung‘ur tuman hokimligida nuroniylar va yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv ham bu boradagi amaliy qadamlarning biri bo‘ldi, deyish mumkin.

Unda tuman hokimi Samandar Astonov, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining Nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ochil Ahmedov, tumanning 55 ta mahallasidan ham nuroniylar va ishsiz, tarbityasi og‘ir, muammoli yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida yo‘lga qo‘yilgan mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad, undan kutilayotgan natijalar, tomonlarning vazifalari yuzasidan ma’lumot berishdi.

Muloqot davomida so‘zga chiqqan nuroniylar o‘z hayotiy tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashib, ilm olish, hunar o‘rganish, har qanday holatda ham ortga chekinmaslik, muammolar oldida taslim bo‘lmaslik, izlanish, harakat qilish lozimligi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur loyiha kelgusida “mahallabay” asosda izchil davom ettirilishi kelishib olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM