Bulung‘urda ilk “Agromarkaz” ish boshladi

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida ham zamon bilan hamnafas yangi texnologik yangiliklar joriy etilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda bugun qishloq xo‘jaligiga ham ilm har qachongidan chuqurroq kirib bormoqda. Jumladan, Bulung‘ur tumanida faoliyat boshlagan ilk “Agromarkaz” fikrimizga misol bo‘la oladi.

"AgroBioximinvest" MChJ tomonidan tashkil etilgan “Agromarkaz” qishloq xo‘jalik korxonalari, dehqon va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatish kompleks markazi sifatida o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi.

Bulungur tumani Mingchinor mahallasida 40-sotix yer maydonida tashkil etilgan loyihaning umumiy qiymati 3 mlrd. so‘m bo‘lib, shundan 1 mlrd. so‘m tashabbuskor tadbirkor o‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Pq-4752-sonli Qaroriga muvoifiq, xizmatlar sohasining tezkor o‘sish sur’atlarini ta’minlash, mazkur yo‘nalishda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida AJ “Agrobank” tuman filiali tomonidan 2 mlrd. so‘m miqdorida bank krediti ajratilgan.

“Agromarkaz” ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Samandar Astonov, nuroniylar, jamoatchilik vakillari, AJ “Agrobank” tuman filiali rahbariyati, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari ishtirok etishdi.

Dastlab Qur’on oyatlaridan tilovat qilinib, boshlanajak ezgu tashabbuslar harli bo‘lishi so‘ralib, duoga qo‘l ochildi. Shundan so‘ng, tadbirga tashrif buyurganlar markaz faoliyati, yaratilgan sharoit va imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Ta’kidlash lozimki, “Agromarkaz” faoliyat boshlashi bilan 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, unda loyiha tashabbuskorlari va jalb qilingan tadbirkorlik sub’ektlari bilan birga,

-Agrolab (o‘simliklarni himoya qilish klinikasi);

-Meva-sobzavotlarni sotib olish, saralash, qayta-ishlash, qadoqlash hamda saqlash;

-Issiqxona qurish;

-Agromarket do‘koni;

-Avtomatlashtirilgan bank xizmatlari;

-O‘quv markazi;

-Manzarali daraxt va landshaft xizmati;

-Urug‘lar yetkazib berish;

-Veterinar xizmati;

-Agranom maslahati;

-Elektron qo‘llanmalar;

-Onlayn maslahatlar;

-Mobil xizmat;

-Ko‘chat yetishtirish va yetkazib berish xizmati kabi 14 turdagi xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘ildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM