Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Bulung‘ur tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari bosh mutaxassisi Sodiq Achilov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. OAv vakillari hamda tuman kengashi deputatlari ishtirok etgan tadbirda tuman markazida aholining kundalik ehtiyoji yuqori bo`lgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo`yicha pullik santexnika, elektrik, uy jihozlarini ta`mirlash, keytring kabi xizmatlarni ko`rsatish punktlarini rivojlantirish borasidagi ishlar holati yuzasidan ma’lumot berildi.

 

Tadbir davomida ma’lum qilinganidek, Bulung‘ur tumanida aholi kundalik ehtiyoji yuqori bo‘lgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha pullik santexnika, elektrik, uy jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha joriy yil boshidan 4 ta yangi xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshladi. Bundan tashqari maishiy texnikalar, santexnika mahsulotlari sotish nuqtalari 215 tani tashkil etsa joriy yilning o‘tgan davrida 24 ta xizmat nuqtalari tashkil etildi.

Misol uchun “Uch Xalqa” MChJ tomonidan qiymati 6000 mln.so‘mlik maishiy texnikalar, qurilish va santexnika materiallari sotish  kompleksi ishga tushirilib, 17 nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi.

Media-tadbir davomida OAV hamda jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM