Bulung‘urda 37 ta bo‘sh turgan ob’ektlar ishga tushirilishi natijasida 102 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan

PQ-666-sonli Qarorga muvofiq o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Bulung‘ur tumanida 261 ta bo‘sh turgan xususiy obektlar ro‘yxati shakllantirilgan. Ular negizida bugungi kunga qadar 37 ta holatda 6 mlrd. 550 mln so‘mlik investitsiya majburiyatlari amalga oshirilib 102 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 106 ta ob’ektni bo‘sh turgan ob’ektlar ro‘yxatidan chiqarilishi choralari ko‘rilgan. Bugungi kunda 30 ta ob’ekt mulkdorlari bilan muammo va takliflari hamda moliyaviy xolati bo‘yicha suxbatlashib tarmoq jadvallari ishlab chiqilmoqda. Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamada bu boradagi ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ularga ko‘rsatmalar berildi.

Kun tartibida shuningdek, tumanda mahalliy sanoat sohalari, qurilish materiallari va charam payobzal mahsulotlarini ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu sohalarni rivojlantirish imkoniyatlari, budjetga tushumlar axvoli, PQ-20-sonli va VMQ-709-sonli hamda PQ-71-sonli qarorlari ijrosi, PQ-52-son, PQ-54-son Qarorlari doirasida “2022 yil xosili uchun yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlariga kredit ajratish ahvoli, pilla yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda pillani o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalr muhokama etildi.

Bundan tashqari, Ijro.gov.uz tizimi, Docflow.uz elektron xujjatlar almashinuv tuzimi, telegram messejeri, tuman hokimi qabuli, ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilgan murojaatlar ijrosi tahlil qilindi. Xususan, Docflow.uz elektron xujjatlar almashinuv tuzimida 245 ta hujjat o‘z muddatida ochib ko‘rilmagan va ijrosi tizimga yuklanmagan. Bu borada eng yomon ko‘rsatkich Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limida 67 ta, “Mahallabay” ishlash markazida 26 ta, Sport bo‘limida 16 ta, tuman IIBda 15 ta. Muhokama davomida barcha tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan xodimlar faoliyatini nazoratga olish zarurligi takidlandi.

Kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan soha rahbarlariga topshiriq va tavsiyalar berildi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM