Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi vakili Kendra Steyli Bulung‘urdagi 2-maktabda bo‘ldi

So‘nggi yillarda yurtimizda xorijiy tillarni o‘qitishni rivojlantirish borasida bir qancha ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Maqsad yoshlarimizning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirib, dunyo maydonlariga chiqishlari, yangi marralarni zabt etishlari bo‘lib, ushbu islohotlar zamirida amaliy natijalar sari qadam tashlanmoqda.

 

Xususan, Bulung‘ur tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan navbatdagi mahorat mashg‘ulotlari fikrimizga misol bo‘la oladi. English Speaking Nation loyihasi doirasida Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi vakili Kendra Steyli maktabda bo‘lib, ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodira Xojiyevaning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

 

Brain storming, Pair work, “Peer observation kabi interaktiv metodlardan foydalanilgan holda o‘tilgan dars mashg‘ulotlari amerikalik mutaxassis tomonidan kuzatib borildi. Dars mashg‘ulotlari so‘ngida Kendra Steyli o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

 

Ta’kidlash kerakki, yo‘lga qo‘yilayotgan bu kabi hamkorlik dasturlari o‘quvchilarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlari, qolaversa, o‘qituvchilarning ham ko‘nikma va malakalari yanada ortishiga ham xizmat qiladi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM