Hududda aholini gaz bilan ta`minlash holati: sohadagi muammo va kamchiliklar

Bulung‘ur tumani hokimligi majlislar zalida “Hududda aholini gaz bilan ta`minlash holati: sohadagi muammo va kamchiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mavzu yuzasidan “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi Qodirov Ravshan tomonidan atroflicha ma’lumot berildi.

 

Xususan, tadbirda ma’lum qilinganidek, Bugungi kunda Bulungur tumanida 5624 ta iste’molchilar tabiiy gaz bilan, 498 ming 27912 ta iste’molchilar suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-son qaroriga muvofiq tumanda jami 5624 ta elektron gaz hisoblagichlarni (EGHU) o‘rnatish va ASKUG tizimini joriy etilishi belgilangan. Tuman  bo‘yicha EGHUlarni o‘rnatish ishlariga jami 5 ta payvandchi brigadalar jalb qilinib, kuniga o‘rtacha 50 tagacha hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. 2022 yilning 25 aprel holatiga jami 3872 ta gaz hisoblagichlar o‘rnatildi ya’ni aholi xonadonlari 69 foizdan ortig‘i o‘rnatildi, qolgan 1752 ta hisoblagichlarni o‘rnatishishlari davom ettirilmoqda.

Uskunalar birinchi navbatda tabiiy gaz iste’moli yukori bulgan xonadonlarga o‘rnatilmokda. O‘rnatilgan gaz hisoblagichlarning barchasi Ilatiyaning “Terranova” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlarni qayta ishlash bazasiga ulanib, gaz ta’minoti korxonalarida “onlayn” rejimda masofadan nazorat qilish hamda oldindan to‘lash (“prepay”) tizimi yo‘lga qo‘yilishi natijasida to‘lovlarni undirish darajasini inson omilisiz keskin ortishiga erishildi.

Bundan tashqari, tizim joriy etilgan hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish orqali tabiiy gazdan maqsadli hamda oqilona foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Natijada, uzoq vaqt kuz-qish mavsumida tabiiy gaz taqchilligi kuzatilgan iste’molchilarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash imkoniyati yaratilib, fuqarolarning ishonchi va roziligiga erishildi.

“Mahallabay” ishlash tizimida gaz ta’minoti korxonasi tomonidan har bir  mahallaga 2 tadan mas’ul hodim biriktirildi. Hodimlar ASKUG tizimiga ulangan xonadonlardagi EGHUlarda yuzaga kelgan texnik muammolarni, shu jumladan, qarzdorliklar bo‘yicha iste’molchilarni ta’minotdan uzish holatlarida aholiga tezkor texnik yordam ko‘rsatilishi muntazam ravishda ta’minlanmoqda.

Ushbu hodimlar tomonidan ASKUG tizimini masofadan nazorat qilish, dasturiy ta’minotga ulangan holda “onlayn” rejimda hisoblagichlar parametrlarini kundalik asosda nazorat qilib borish bilan bir qatorda aholiga targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borib, tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun telefon raqamlari qayta taqqoslandi.

Qarzdorlik qoplangandan so‘ng EGHUni tarmoqqa qayta ulash jarayonlarini soddalashtirish maqsadida “Texnopark” MChJ bilan birgalikda EGHUlarning dasturiy ta’minotini optimallashtirish choralari ko‘rildi. Bunda, qarzdorlik vujudga kelgan holatdan boshlab ular qoplangandan so‘ng iste’molchini gaz ta’minotiga qayta ulash bo‘yicha EGHUlarning funksiyalari 12 tadan 3 tagacha qisqartirilib, soddalashtirildi.

Shuningdek, EGHUlarda qarzdorlik uchun iste’molchini 24 soat davomida gaz ta’minotidan vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovlar qayta dasturlanib, faqat kunning soat 07:00 dan 13:00 gacha oralig‘ida (kunduzi)amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi va iste’molchida qarzdorlikni kunning ikkinchi yarmida to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Loyiha joriy etilguniga qadar tabiiy gaz iste’molchilarining debitor qarzdorligi bo‘yicha yuzaga kelayotgan nizoli masalalarni tezkorlik bilan har etish maqsadida, “Hududgazta’minot” AJ tomonidan joriy yil  9 aprel kuni “Aholi iste’molchilariga yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 122-son buyrug‘i bilan har bir tumanda maxsus Shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu islohotlar o‘z navbatida mamlakat aholisining turmush darajasini yanada oshirish, uning muammolarini vaqtida va samarali yechishga qaratilganligining yorqin ifodasidir.

Shunirngdek tadbir davomida bevosita aholi murojaatlari bilan ishlovchi mas’ullar hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi. Xususan, ma’lum qilinishicha, maishiy gaz ballonlar borasida aniqlangan kamomad yuzasidan tergov harakatlari yakunlanish arafasida bo‘lib, tez kunlarda tergov xulosasi olinishi kutilmoqda. Kelgusida ushbu mavzu yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM