Bulung‘urda to‘rt nafar bola baxtiyor bo‘ldi

Byuroning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan aliment to‘lovchi qarzdorlarning uylariga borib oilasini tiklash va farzandlarini tirik yetimlikda voyaga yetishini oldini olish borasida ma’rifiy va ma’naviy suhbatlar o‘tkazilishi natijasida oilalar yarashmoqda.

Xususan, Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumani sudining 2021-yil 27-noyabrdagi sud hujjatiga asosan qarzdor F.N.dan unduruvchi T.N. foydasiga to‘rt nafar farzandini ta’minoti uchun qarzdorning oylik daromadidan to‘rtdan bir qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijrosini ta’minlash davomida Byuro tomonidan qarzdor va undiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbat va tushuntirishlar sabab, ushbu oila yarashtirilib, farzandlar ota bag‘riga qaytdi va ijro ishi tamomlandi.

Hasan Pardayev

Byuroning Bulung‘ur tuman

bo‘limi davlat ijrochisi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM