Joylarda tadbirkorlik muhitini o‘rganish davom etmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, Bulung‘ur tumni hokimi Samandar Astonov joylarda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda. Hokim yordamchilari faoliyatiga ko‘maklashish, mahalliy tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammo va to‘siqlarni hamjihatlikda bartaraf etib, mahallalarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv Esonturdi mahalasida o‘tkazildi.

 

Tadbirda tuman hokimi Samandar Astonov, tijorat banklari, kun tartibidagi masalaga aloqador tashkilot rahbarlari, Alisher Navoiy, Elobod, Esonturdi, Xo‘jamazgil mahallalaridagi hokim yordamchilari, mahalliy tadbirkorlar va tadbirkorlik qilish istagidagi tashabbuskorlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida hokim yordamchilari o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’lumot berdi, tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarning murojaatlari tinglanib, tegishliligi bo‘yicha soha mas’ullariga ko‘rsatmalar berildi.

 

Muloqot davomida bildirilgan har bir murojaat va takliflar ro‘yxatga olinib, ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM