Bulung‘urariq mahallasidagi vazifalar ijrosining kechikayotganligi tanqid qilindi

Tuman xokimi topshirig‘iga asosan 2022-yilda Bulung‘ur tumani Bulung‘urariq mahallasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI” ishlab chiqilib, har bir mas’ulning vazifasi aniq belgilab berilgan edi.

Unga ko‘ra, arxitektura qiyofasini yaxshilash maqsadida mahallaning bosh rejasini ishlab chiqish, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mahallada tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, xalq ta’limi, tibbiyot, chorvachilik, qishloq xo‘jaligida mavjud muammolarni bartaraf etish, aloqa ta’minotini yaxshilash, “Yashil makon” loyihasi doirasida muayyan ishlarni amalga oshirish belgilangan.

Biroq natijalar shuni ko‘rsatoqdaki, ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra ayrim yo‘nalishlarda ishlar belgilangan muddatlarda ortda qolmoqda.

Mahallada tashkil etilgan ishchi guruh shtabida tuman hokimi Samandar Astonov raisligida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida bugunga qadar amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahlil qilindi.

Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan soha mas’ullarining hisobotlari tinglandi. Muhokama so‘ngida vazifalar ijrosi muddatidan kechikayotganligi, soha mas’ullarining o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lmayotganligi qattiq tanqid qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq muddat hamda vazifalar belgilab berildi.

 

  • Ishni bir ortga surishga haqqimiz ham, vatimiz ham yo‘q. Qisqa fursatlarda “Obod qishloq” davlat Dasturi asosida keyingi mahallalarda ham ishni boshlashimiz zarur. Shu sababdan, sustkashlikka yo‘l qiygan rahbarlargi nisbatan xulosa qilinadi, deya ta’kidladi tuman hokimi.
2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM