Bulung‘urda ilk bor “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” keng nishonlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ–694-sonli Qonuniga ko‘ra, 15-aprel - Madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilangan edi.

 

Demakki joriy yilda soha xodimlari ilk bor kasb bayramlarini nishonlashadi. Jumladan, Bulung‘ur tumani Madaniyat saroyida ham sana munosabati bilan soha xodimlarining ilk kasb bayrami bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda tumandagi barcha katta-yu kichik madaniyat va san’at sohasi xodimlari, ularning oila a’zolari ishtirok etishib, yig‘ilganlarga o‘z san’atlarini namoyish etishdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Samandar Astonov Bulung‘ur tumani xalqi uchun fidokorona xizmat qilib kelayotgan soha xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. Sohada alohida mehnatlari bilan hurmat qozongan bir guruh xodimlar tuman hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Shundan so‘ng tadbir tumandagi muhtasham bazmlardan biriga ko‘chdi. Bu yerda yozilgan iftorlik dasturxoni atrofida bir piyola choy ustidagi samimiy suhbatlar dilrabo kuy va qo‘shiqlarga ulashib ketdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM