Sport sohasidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi

Bulung‘ur tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Buriboev ishtirokida “Bulung`ur tumanida yoshlarni sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb vazifalar to`g`risida” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkazigan tadbirda ijtimoiy soha kompleksi rahbar va mas’ul xodimlari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda mavzu yuzasidan hokim o‘rinbosari A.Buriboev ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, Bulung‘ur tumanida 69 ta umumta’lim maktablari, 1 ta bolalar o‘smirlar sport maktabi, bolalar o‘smirlar sport maktabi filali va 1 ta KXKlarida jami 195 nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqda. Tumanda jami sport inshoatlari soni 336 ta bo‘lib, shulardan 54 tasi usti yopiq sport inshoatlari 288 tasi usti ochiq maydonlar. Shulardan 242 ta sport inshoati umumta’lim maktablariga tegishli, 4 tasi tuman KXKlariga tegishli, 8 tasi BO‘SMga tegishli maydonchalardir.

Bulung‘ur tuman Turizm va sport bo‘limining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo‘yicha bosh inspektor tomonidan umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida karantin qoidalariga rioya qilgan holda voleybol, futbol, stol tennisi, qo‘lto‘pi, basketbol, yengil atletika sport turlari bo‘yicha uyushmagan yoshlar o‘rtasida mini-futbol, umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol, tashkilotlar xotin-qizlari o‘rtasida aaleybol, basketbol, stoltennisi, quvnoq startlar o‘yinlari o‘tkazildi.  Bugunga qadar jami  93 ta musobaqalari o‘tkazilib, ularda 9108 nafar sportchi ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 3834 nafari qizlarni tashkil etadi.Viloyat miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda jalb qilingan ishtirokchilar soni 581 tani tashkil qilib, shulardan qizlar 224 tani tashkil etadi.

Uyushmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli xil sport musoboqalari mahalalarda o‘tkazilib, ularni sportga qiziqishlarini oshirib, sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinib, sport turlari bo‘yicha kuchli sportchilarni saralab olishlari mahalla va oilani qo‘lab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda amalga oshirilib kelinmoqda. Shu  bilan birgalikda 2021-yil 4-chorak yakuni bo’yicha “Besh muxim tashabbus” doirasida sport tadbirlari tashkil qilinib kelinmoqda. Jumladan “Hokim kubogi”, “Prokuror kubogi”, “Ichki ishlar kubogi”, “Soliq kubogi” hamda aholi va uyushmagan yoshlar o’rtasida sport tadbirlari, shuningdek targ’ibot va tashqivot ishlari olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099 farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda piyodalar yo’lakchasi 8.1 km, velosiped yo’laklari 8.1 km, 6 ta vork-out, 2 ta stritbol maydonlari tashkil qilinib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek 2022-yil dasturida na’munali sport maydonchalarini qurish ham re’jalshtirilgan. Shu bilan birgalikda sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilishda sport tadbirlari va ommaviy yurish marafonlari o’kazilib kelinmoqda.

Shu o‘rinda Bulung‘ur tumanimizda bir qancha ko‘zga ko‘ringan sportchilar yetishib chiqishmoqda hamda yurtimiz bayrog‘ini dunyo bo‘ylab hilpiratib kelimoqda. Misol tariqasida quyidagilarning nomini zikir qilinsa arziydi:

Yunon-rum kurashi bo‘yicha Tokio-2020 olimpiyadasi yo‘llanmasini kiritgan Mo‘minjon Abdullayev tuman hokimligi tomonidan 50 mln so‘m pul mablag‘i va 55 dyumli televizor, uning ustozi Sharof Mamatqulov ham 55 dyumli televizor bilan taqdirlandi.

Turdibekova Sitora Polsha shaxrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida faxrli 3-o‘rinni elladi va tuman hokimligi tomonidan 25 mln so‘m pul mablag‘i va 55 dyumli televizor berildi. Shuninigdek Dubay shaxrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida faxrli 1-o‘rinni elladi va tuman hokimligi tomonidan 50 mln so‘m pul mablag‘i va muzlatgich, uning birinchi ustozi Sanjar Qo‘ldoshevga 43 dyumli televizor sovg‘a tariqasida berildi.

Tekvando WTS sport turidan Muxtorov Sanjar Oyiyo chempionatida qatnashib  faxrli 2-o‘rinni egalladi va tuman hokimligi tomonidan 43-dyumli televizor va birinchi ustozi Qudrat Bakayevga 32-dyumli televizor berildi.

Bugun tumanda 12 ta olimpiya sport turidan 43 nafar murabbiy faoliyat olib boradi, shu jumladan:

  1. Toshanov Rabbim-yunon rum kurashidan (Sog‘lomlashtirish markazida) 100 nafar sportchiga mashg‘ulot olib boradi.
  2. Turapov Berdiyor-erkin kurash sport turidan (Sog‘lomlashtirish markazida) 100 nafar sportchiga mashg‘ulot olib boradi.
  3. Bakayev Qudrat-Taekwondo sport turidan (Pedagogika kollejida) 60 nafar sportchiga mashg‘ulot olib boradi.
  4. Qo‘ldoshev Sanjar-Boks bo‘yicha (Pedagogika Kollejida) 100 nafar sportchiga mashg‘ulot olib boradi.
  5. Mirzabekov Bahodir-Voleybol bo‘yicha (51-maktabda) 40 nafar sportchilarga mashg‘ulot olib boradi.
  6. Boboqulov Abdurahim-Qo‘l to‘pi sport turi bo‘yicha (71-5-maktablarida) 70-80 nafar sportchilarga mashg‘ulot olib boradi.
  7. Usmanov Shohrux-Fudbol sport turi bo‘yicha (BO‘SM) sport maydonida 100 nafardan sportchilarga mashg‘ulot olib bormoqda.
  8. Nazarov Feruz-O‘zbek jang san’ati bo‘yicha (13-maktabda) 100 nafardan sportchilarga mashg‘ulot olib bormoqda.
  9. Berdanov Sherzod-Milliy kurash bo‘yicha (BO‘SM) sport zalida
    60 nafardan sportchilarga mashg‘ulot olib bormoqda.
  10. Bozorboyev Sardor-Baskedbol sport turi bo‘yicha (15-23-maktabda) sport zalida 80 nafardan sportchilarga mashg‘ulot olib bormoqda.
  11. Alimova Oyista-Badiy gimnastika sport turi bo‘yicha (54-maktab)da
    60 nafardan sportchilarga mashg‘ulot olib bormoqda.

Shu jumladan yoshlar o‘rtasida Toekwondo sport turi bo‘yicha Ummatova Nigora O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, boks sport turidan Abduamitova Sarvinoz, To‘ychiyeva Umida, Normatov Shovqiddin, Abduahatov Davronlar Respublika va viloyat musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar.

Bulung‘ur qo‘l to‘pi qizlar terma jamoasi Respublika, viloyat va Osiyo musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda.

 

  • Albatta, bularning barchasi biz uchun ijobiy natija, biroq, hali oldinda amalga oshirishimiz bo‘lgan vazifalarimiz, re’jalarimiz ham bisyor, deya hokim o‘rinbosari o‘z so‘zini davom ettirar ekan, sohadagi muammo va kamchiliklar, kelgusi re’jalar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.

 

Tadbir yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM