Bulung‘ur tumani hokimligi axborot xizmati bayonoti: Bulung‘ur tumani hokimi Astonov Samandar Mustafokulovich xizmat safarida bo‘lib turibdi

Samarqand viloyatida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalariga investitsiyalarni jalb etish hamda asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tajriba almashish maqsadida joriy yilning 27-mart 3-aprel kunlari viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi boshchiligidagi delegatsiya Belgiya va Niderlandiya Qirolliklariga tashrifi amalga oshirilmoqda.

Tashrif davomida viloyatning sanoat, qishloq xo‘jaligi, investitsiya va turizm salohiyati bilan tanishtirish, shuningdek B2B va G2B uchrashuvlarni tashkil etish, mazkur davlatlar tadbirkorlari tomonidan Samarqand viloyatiga investitsiya kiritishlari va mahsulotlar eksporti bo‘yicha kelishuvlarga erishish re’jalashtirilgan.

 

Mazkur delegatsiya tarkibida Bulung‘ur tumani hokimi Astonov Samandar Mustafokulovich va tuman hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo  bo‘limi boshlig‘i Xalikulov Anvar Erkabayevich ham xizmat safarida bo‘lib turishibdi.

Shu munosabat bilan Bulung‘ur tumani hokimi vakolatlarini vaqtincha bajarish, tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Xabibullaev Dilshod Ismailovich zimmasiga yuulatilgan.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM