Navbatdagi sessiya tafsilotlari: mas’ullarning hisobotlari, yosh siyosatchilar, bo‘lajak mahalla raislarining saylovlari...

Bulung‘ur tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalaga aloqador hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya ishi Kengash raisi Samandar Mustafokulovich raisligida olib borildi. Dastlab sessiya kotibi, kun tartibi hamda reglamenti tasdiqlab olindi. Kun tartibidagi birinchi masalaga muvofiq, Bulung‘ur tumanida 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining mart oyi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Xabibullayev hisoboti tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, mart oyiida xizmat ko‘rsatish sohasida jami 49 ta loyihalarda 778 nafar ish o‘rinlari tashkil etilib reja 102 foizga bajarildi. Jumladan:

- Maxallalarda 21 turdagi zaruriy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini tashkil etish bo‘yicha 29 ta shaxobchada 34 nafar ish o‘rni yaratildi. (13 ta savdo do‘koni, 5 ta avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, 1 ta kompyuter xizmatlari, 2 ta sartaroshxona, 1 ta nonvoyxona, 2 ta go‘zallik saloni, 5 ta tikuvchilik)

- PQ-5113-son qaror asosida ajratilgan mablag‘lar hisobidan 1 ta loyihada 18 nafar ish o‘rni tashkil etildi.

- Agro xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha 3 ta loyihada 5 nafar ish o‘rinlari yaratildi.

- Ijtimoiy xizmatlarda 2 ta loyihada 3 nafar ish o‘rni yaratildi.

- Boshqa 14 ta loyihalarda 14 nafar ish o‘rinlari yaratildi.

Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli qarori ijrosi yuzasidan 568 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilinib, ro‘yxatga olindi. 7 ta korxonada 90 nafar ishchi va xodimlarning faoliyatlari qonuniylashtirildi.

Xizmatlar sohasida 46 nafar fuqaro kasb-hunarga va tadbirkorlikga o‘qitilmoqda.

 

Kun tartibida tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Unda tuman kengashi deputati S.Achilovning xatiga muvofiq, Changal-1 mahallasida yashovchi fuqaro Qulmatova Shoxista Avazboyevna tos suyagi yemirilishi boshlanganligi sababli, pratez qo‘yish va opratsiyasi uchun 20 801 069 (yigirma million sakkiz yuz o‘n ming oltmish to‘qqiz) so‘m miqdorda mablag‘ “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilishi belgilandi.

 Shuningdek, “Temir daftar”ning yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rilib, turli darajada yordam ko‘rsatilgan va “Temir daftar”dan chiqarilishi taklif etilayotgan 318 nafar oilalarning ro‘yxatlari tasdiqlandi.

Bundan tashqari sessiyada tuman mahalliy budjetining 2022-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘i hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risidagi masala ko‘rildi.

 

Sessiya ishida tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori B.Bosimovning tumanda 2022-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Unda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan hamda joriy yil yakuni bilan erishilishi re’jalashtirilgan maqsadlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Sessiya davomida xalq deputatlari tuman kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi tashabbusi bilan Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i D.Djabbarovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-sonli qarorining tumandagi ijrosi va belgilanadigan vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

 

Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi qoshidagi “Yoshlar parlamenti vakillari maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Tumandagi yoshlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi o‘rni va ta’sirini amalda ta’minlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, jamiyatda yoshlarni siyosiy faol qatlamga aylantirish hamda ularning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, konunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va ularning xalq deputatlari tuman Kengashi, qolaversa parlament hayotiga daxldorligini oshirish maqsadida, xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi qoshida “Yoshlar parlamenti vakillari maktabi” tashkil qilinishi belgilandi va uning Nizomi, maktabga tavsiya etilayotgan 30 nafar yoshlarning nomzodlari tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibidagi so‘nggi masalaga muvofiq, tumanda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga  tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, tumanda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi 2022-yilning may oyida o‘tkazilishi belgilandi. Shuningdek, tumanda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasining tarkibi hamda tumanda 2022-yil may oyida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Sessiya ishi tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn efirga uzatildi:

1) https://fb.watch/bZvLE6EYJ4/

2) https://fb.watch/bZvMBgGtEH/

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM