Navbatdagi matbuot anjumnida Bulung'ur tuman adliya bo'limi faoliyati yuzasidan raqamlar ochiqlandi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bulung`ur tumanida qonun ustuvorligini ta`minlashda 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida so‘z yuritildi. Mavzu yuzasidan tuman adliya bo‘limi bosh mutaxassisi Baxrom Kenjaev tomonidan ma’lumot berildi.

 

Xususan, tadbirda ma’lum qilinishicha, bo‘lim tomonidan 2021-yil davomida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha jami 18 ta qonun hujjatlari yuzasidan 10 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlariga yozma ravishda huquqiy maslahatlar kiritilgan.

2021-yil davomida tuman adliya bo‘limi tomonidan ustuvor vazifa sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga, bunda inson manfaatlari va xuquqlarini himoya etishga qaratilib, yuridik va jismoniy shaxslardan jami 276 ta murojaatlar qabul qilindi, shundan 270 ta murojaatlarning qonuniy hal etililishi ta’minlandi, shundan 201 ta murojaatlar to‘liq qanoatlantirildi, 69 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 6 ta murojaat hal etish uchun taalluqliqligi bo‘yicha yuborildi, hisobat davrning oxiriga qoldiq bo‘lib qolgan murojaatlar mavjud emas.

Mazkur murojaatlarning 147 tasi ariza, 129 tasi shikoyat bo‘lib, shundan 82 tasi sayyor qabullarda va mahallabay hamda uyma-uy yurib qabul qilindi.

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish sohasida:

Bo‘lim tomonidan 2021-yil davomida davlat boshqaruv organlari va tashkilotlarida 123 marotaba (110 tasi murojaatlar asosida) o‘rganish va 19 marotaba monitoringlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar natijasida 5983 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Qonun buzilish holatlari sohalar kesimida tahlil qilinganda ta’lim, sog‘liqni saqlash,  bandlik va mehnat munosabatlari, pensiya va nafaqa masalasida va boshqa sohalarda qonun buzilishlar holatlari aniqlandi.

Buning natijasida tuman tashkilotlariga 97 ta taqdimnomalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar asosida 42 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilldi, hamda 425 539 000 so‘m oylik ish haqlari va ustamalar undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, qonun xujjatlarining buzilishi mumkin emasligi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga 239 ta ogohnoma kiritildi, ma’muriy javobgarlikka tortish maslasini ko‘rib chiqish uchun vakolatli tashkilotga 37 ta ma’muriy taklif kiritildi, 5 nafar shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqdaryo tuman sudiga javobgarlik maslasini ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bo‘lim tomonidan 2021-yil davomida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudiga 84 ta arizakiritildi. Samarqand tumanlararo Ma’muriy sudiga 6 ta arizazalar kiritilishi ta’minlandi. Shundan 6 ta da’vo arizalar yuridik faktlarni belgilash to‘g‘risida bo‘lib, 78 ta da’vo ariza jami 308 847 360 ming so‘m oylik ish haqlari va ustamalar to‘lanmaganligi to‘g‘risida bo‘lib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi tomonidan kiritilgan da’vo arizlarning barchasi qanoatlantirildi.Samarqand tumanlararo Ma’muriy sudi tomonidan ham barcha arizalar qanoatlantirildi. Bo‘lim tomonidan hisobot davrida 1 ta jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha jinoiy taklif kiritildi. 2021-yilning birinchi yarim yilligi davomida bo‘lim tomonidan norma ijodkorligi yo‘nalishida qonunchilikni takomillashtirish borasida 42 ta takliflar ishlab chiqilib, viloyat adliya boshqarmasiga taqdim etildi.

Tuman hokimi va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan normativ tusdagi qarorlariga 6 ta huquqiy ekspertiza xulosalari berildi.

 

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qizitirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM