“Loyiha guruhi” a’zolari bir maqsad yo‘lida doimiy faoliyat yuritadi

Xabaringiz bor, Bulung‘ur tumanida “Loyiha guruhi” ish boshlaganligi to‘g‘risida ma’lumot bergan edik.  
Bugun guruh a’zolarining navbatdagi maslahat kengashi o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Nozir Ibragimov, guruh rahbari, tuman hokimi Samandar Astonov hamda guruh a’zolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda guruhning maqsad hamda vazifalari aniq ekanligi, guruhning har bir a’zosi umumiy maqsad yo‘lida o‘z sohasi yuzasidan faollik ko‘rsatishi lozimligi ta’kidlandi. Shu maqsadda guruh a’zolari doimiy va samarali faoliyat yuritishlari uchun alohida xona, zaruriy moddiy-texnik baza yaratilishi ma’lum qilindi.

Yig‘ilish davomida guruh faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari belgilanib, har bir a’zoning vazifa hamda majburiyatlari tushuntirib berildi.

Ma’lumot uchun, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasining yig‘ilish bayoniga ko‘ra tashkil etilgan “Loyiha guruhi” faoliyati vazirlik tizimidagi “Loyiha boshqaruvi markaziy ofisi” tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM