Bulung‘urariq mahallasida uchrashuv o‘tkazildi

Bulung‘ur tumani Bulung‘urariq mahallasida “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Mahalladagi 63-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi, 1-sektor rahbari Samandar Astonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 59-Bulung‘ur saylov okrugidan saylangan deputat Shuxrat Abduhalimov, sektor ishchi guruhi a’zolari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etishdi.

 

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati yer olish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga yerlarni 10 yil muddatga ijaraga olish tartibi haqida tushunchalar berildi.

 

Yoshlar murojaatlaridan keyin, mahalla faollari ishtirokida ochiq muloqot ham o‘tkazilib, mahalla fuqarolarining murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar ro‘yxatga olinib, ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

 

Muloqot so‘ngida mahallada bahorgi ishlarni jumladan, ariqlarni tozalash, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish loziligi ta’kidlandi. 63-umumta’lim maktabi hovlisi va yo‘lini asfalt qilish choralari ko‘rilishi belgilandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM