2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” mazmun-mohiyati targ’ib qilinmoqda

Jomboy tumanlararo  iqtisodiy sudi tashabbusi bilan Bulung‘ur tuman prokuraturasi binosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tuman prokuraturasi, departament va majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirok etishdi.

Unda sud raisi N.Tursunova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoniga to‘htalib, Taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘icha tushuntirishlar berdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi”gi Qonuniga xam to‘htalib, ushbu illat kelajagimiz rivoji uchun eng katta to‘siq va buning oldini olish barchaning burchi ekanligini ta’kitladi.

N.E.Tursunova,

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi                                                     

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM