Deputatlar tomonidan joylardagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan tumandagi 2-Birlik saylov okrugi hududidagi mahallalarda deputatlar ishtirokida mavjud muammolar o‘rganildi. Hududdan saylangan deputat Arslonov Faxriddin Burxonovich ishtirokidagi o‘rganish jarayonlarida tumandagi Mingtepa mahallasi, 21, 19, 32-umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, “Do‘stlik” patronaj punkti faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ushbu ijtimoiy soha obyektlarida fuqarolarga va maktab o‘quvchilariga yaratilgan sharoitlar tahliliy o‘rganildi. O‘rganish davomida 10 dan ortiq yechimini kutib yotgan masalalar aniqlandi. Aniqlagan muammolardan bi qanchasi joyida bataraf etilgan bo‘lsa, ayrim muammoli masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi asosida murojaat etilishi belgilandi.

 

Deputatlar tomonidan saylov okrugi hududidagi mahallarda istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolarni bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolari o’rganilib, homiylar va mahalliy idoralar orqali fuqarolarning muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy ishlarni olib boshlab yuborildi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM