Yoshlar tadbirkorlik sanoat zonasida jarayonlarni jadallashtirish choralari ko‘rilmoqda

Bulung‘ur tumani Amir Temur mahallasi hududida 2 gektar maydonda “Yoshlar tadbirkorlik sanoat zonasi” tashkil etilib, 20 ta lotga bo‘lingan holda Ye-IJRO AUKSION savdolariga chiqarilgan. Bugungi kunda 15 ta lot jismoniy shaxslar tomonidan yutib olingan. Qolgan 3 ta lot auksion savdosida, 2 ta lot to‘lov jarayonida turibdi.

 

    Tuman hokimi Samandar Astonov mazkur sanoat zonasining bugungi kundagi xolati bilan joyiga chiqib tanishdi. Auksion g‘oliblari bo‘lgan yosh tadbirkorlar bilan o‘sha joyning o‘zida suxbatlashildi. Yosh tadbirkorlarga aniq loyihalar asosida biznes rejalar ishlab chiqish va kredit asosida ishlab chiqarish uskunalarini tezroq olib kelib, ishni boshlash uchun amaliy yordam berish borasida tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Xalikulovga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yangi tashkil etilgan yoshlar sanoat zonasini yo‘l-transport va muhandislik-komunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash choralarini jadallashtirish hamda tadbirkorlarga investitsiya loyihalarinining qurilish ishlarini boshlash uchun zarur sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM