Bulung‘ur tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Tuman hokimining tegishli qaroriga ko‘ra, Elmuratov Alisher Mirtazaevich Bulung‘ur tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.

 

A.Elmuratov 1986-yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2010-yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini tamomlagan. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

 

A.Elmuratov tizimda ko‘p yillik tajribaga ega. Xususan, tayinlovga qadar Bulung‘ur tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunalxo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Tuman hokimligi jamoasi A.Elmuratovning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

 

Ma’lumot uchun, Bulung‘ur tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sanakulov Norbuta Isakulovich 2021-yil 13-dekabridan Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM