Bir yilda 4 martagacha pilla parvarishlanadi, har bir kilogrami uchun subsidiya ajratiladi...

Ma’lumki Bulung‘ur tumani qishloq xo‘jaligi rivojlangan, qishloq xo‘jaligida sanoat sohasi tobora rivojlanayotgan tumanlardan biri sanaladi. Shu sababdan ham tumanda qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor qaratiladi. Sababi, bugungi oziq-ovqat xavfsizligi haqida so‘z yuritilayotgan bir pallada tumanning bu borada viloyatdagi ulushi ham salmoqli ekanligi hech kimga sir emas. Tumanda qishloq xo‘jaligidagi ishlar qay ahvolda? Sohadagi islohotlar joylarga yetib boryaptimi? Soha mas’ullarining oldida qanday dolzarb vazifalar turibdi? Yuqoridagi savollarga javob topish maqsadida Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov raisligida muhokama yig‘ilshi o‘tkazildi.
Muhokamalar davomida bugun joylarda olib borilayotgan ijobiy ishlar bilan birgalikda, ayrim hududlarda oqsoqliklar kuzatilayotganiligi ham ma’lum bo‘ldi. Xususan, yerlarni, bog‘-tok oralarini, bog‘ qatorlari oralarini shudgor qilish, ariq va zovurlarni qazish, mahalliy o‘g‘it chiqarish, qo‘shimcha yerlarni ochish va foydalanishga kiritish borasida kamchiliklar mavjud. 


Muhokamaar davomida sohadagi bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan agrofirma raislarining hisobotlari tinglanib, kelgusida ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi. Belgilandiki, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Agroinspesiyaning tuman bo‘limi tomonidan ma’lumot kiritiladi. Kamchiliklar takrorlangan hollarda mas’ullarga nisbatan qonunchilikka muvofiq ta’sir choralari ko‘rib boriladi.
Bundan tashqari yig‘ilish davomida tut maydonlarini “TAP Bulung‘ur agropilla” MChJ balansiga o‘tkazish borasidagi ishlar tahlil qilinib, masalaning mohiyatini fermer xo‘jaliklari raislariga to‘g‘ri tushuntirish lozimligi ta’kidlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, kelgusida yiliga 4 martagacha ipak qurti parvarishlanishi re’jalantirilmoqda. Parvarishlangan ipak qurtining har bir kilogramiga 3 yilgacha har kilosi uchun 5 ming so‘mdan subsidiya berilishi ko‘zda tutilgan.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM