Harakatlar strategiyasining maqsadlarini birgalikda amalga oshiramiz

Jomboy tumanlararo  iqtisodiy sudi tashabbusi bilan Bulung‘ur tumani davlat hizmatlari markazi binosida Harakatlar strategiyasi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda sud raisi N.Tursunova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoniga to‘htalib, Taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo‘nalishi belgilanganligi, unga ko‘ra;

  1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  2. Mamalakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  3. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
  4. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  5. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  6. Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  7. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish;

kabi ustuvor yo‘nalishlarda 100 dan ortiq maqsadlar belgilanganligini, ushbu maqsadlarning barchasi inson qadrini ulug‘lash va fuqarolarning huquqiy ongi hamda madaniyatini oshirish, qolaversa davlat orgganlarining fuqarolarga hizmat qilishi kabi maqsadlarini o‘z ichiga olganligini aytib o‘tdi.

N.E.Tursunova,

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi                 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM