Kotibiyat va siyosiy partiyalar hamkorligi kuchaytiriladi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatida tumandagi siyosiy partiya raislari bilan deputatlarning kelgusidagi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ma’lumki har bir deputat O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksiga binoan tegishli saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir. Mahalliy kengash sessiyasining muhokamasiga qo‘yiladigan masalalar to‘g‘risida xabar olgach, kun tartibidagi masalalarni har bir deputat o‘z saylovchilari, uning nomzodini ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan muhokama qiladi.

Deputat mahalliy kengash sessiyasida faol qatnashishi mahalliy kengash faoliyati samaradorligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi, shundagina majlisda rasmiyatchilik uchun emas, balki kamchiliklarni aniqlash, to‘g‘ri baho berish va ularni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad shu bo‘ldiki xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati va siyosiy partiyalarni o‘zaro hamkorligi asosida har bir tuman kengashi deputati bilan kelishgan holda hududlardagi mavjud mummolarni o‘rganish, muammolarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqib, domiy komissiyalar yig‘ilishida va kengash sessiyasida muhokama etilishgacha ishlarni olib borib, tegishli qaror qabul qilingandan keyin uning ijrosi bilan ham shug‘ullashish masalalari kelishib olindi.

Yig‘ilishda siyosiy partiyalardan saylangan tuman kengashi deputatlari o‘zi saylangan partiyaning dasturiy maqsadlarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha ham faoliyatni ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchillika yetkazish bo‘yicha yangi tizim shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM