Bulung‘ur tumani hokimi: Pirovard maqsadimi aholining roziligi

Xabaringiz bor, Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasida 5 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi tobora yakunlanib bormoqda. Tez orada uylar foydalanishga topshirilishi re’jalashtirilmoqda. Tuman hokimi Samandar Astonov 3-sektor rahbari Bunyod Jo‘raqulov hamrohligida mazkur uylarning qurilish jarayonlari bilan joyida tanishdi. Hokim uylarga kirib ko‘rib, qurilish ishlari sifatini ko‘zdan kechirdi. Quruvchilar, shu yerda ishlayotgan ustalar, xonadon sohiblari bilan suhbatda bo‘ldi.

 

Har bir jarayonga alohida e’tibor qilish, qurilish ishlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, aholi uchun zaruriy barcha qulayliklarni yaratish choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

 

  • Ertaga xonadon egalari ko‘chib kelganidan keyin uyning sifatidan norozi bo‘lmasligi kerak. Har bir uyga o‘z uyingizni qurayotgan kabi mehr beringki, el duosini olish nasib qilsin, deya ta’kidladi tuman hokimi quruvchilar bilan suhbatda.

 

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM